“Hurmatli fuqarolar, Respublikamizda karantin talablari bosqiçma-bosqiç yumşatilmoqda. Şu bois IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi tomonidan jazoni ijro etiş koloniyalarida jazo muddatini ötayotgan şaxslarning yaqin qarindoşlari bilan uçraşuvlarini taşkil etiş rejalaştirildi.

Bu borada Özbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyalari olindi.

Unda karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda, hozirça haftada bir marotaba, ya'ni şanba kuni 24 soatlik uzoq muddatli uçraşuv beriş tavsiya etilgan.

Şuningdek, jazo muddatini ötayotgan şaxslarning yaqin qarindoşlari (şu jumladan 6 yoşdan oşgan farzandlari) uçraşuvga 48 soatdan köp bölmagan muddat oraliğida koronavirusga test topşirgani va natija manfiyligini – virus yöqligini tasdiqlovçi ma'lumotnoma bilan kelişlari talab etiladi.

Şu örinda uzoq muddatli uçraşuv sörab murojaat qilganlarning barçasiga bir vaqtning özida uçraşuv beriş imkoniyati mavjud emasligini eslatib ötmoqçimiz.

Şundan kelib çiqqan holda, jazoni ijro etiş muassasalarida fuqarolarni uçraşuvga kiriş röyxatini şakllantiriş böyiça dolzarb aloqa tarmoqlari taşkil etildi.

Fuqarolarimiz soat 9.00dan 18.00gaça (dam oliş kunlaridan taşqari) mazkur dolzarb aloqa tarmoqlari orqali röyxatdan ötişlari mumkin.

Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda fuqarolarimizdan jazo muddatini ötayotgan şaxs bilan uçraşiş uçun dolzarb aloqa tarmoği orqali röyxatdan ötişlarini, uçraşuvga belgilangan muddatlarda kelib, karantin qoidalariga qat'iy rioya etişlarini sörab qolamiz.

Boğlaniş uçun jazoni ijro etiş koloniyalarining dolzarb aloqa raqamlari:

  • 1-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 365-220-70-02
  • 2-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 375-230-00-82
  • 3-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 375-230-10-61
  • 4-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 79-224-77-81
  • 5-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 79-555-23-65
  • 6-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 69-434-42-33
  • 7-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 95-169-64-13
  • 10-son jazoni ijro etiş koloniyasi – 95-506-64-51