Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan chiqarib yuboriladigan migrantlar qayerda ekani haqida yaqinlariga xabar beriladi
Migrantning manzili to‘g‘risida uning ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyatga, shuningdek, uning advokatiga, vatanining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga ham xabar berilishi mumkin.
Rossiyada deportatsiyadan oldin maxsus muassasalarga joylashtirilgan migrantlarning qarindoshlari ularning qayerda ekani haqida xabardor qilinadi. Bu bilan Rossiya Ichki ishlar vazirligi shug‘ullanadi, normativ-huquqiy hujjatlar portalida hukumatning tegishli qarori e’lon qilindi.
Migrantning manzili to‘g‘risida uning ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyatga, shuningdek, uning advokatiga, vatanining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga ham xabar berilishi mumkin. Chet el fuqarosining joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qarindoshlariga bildirish uchun maxsus muassasa rahbariga va uning o‘rinbosariga ariza bilan murojaat qilish kerak.
Hujjatga ko‘ra, agar chet el fuqarosi Rossiyadagi bolaning yoki muomalaga layoqatsiz shaxsning yagona qonuniy vakili bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligi vasiylik va homiylik organlarini migrantning manzili to‘g‘risida xabardor qiladi. Agar maxsus muassasaga joylashtirilgan chet el fuqarosi voyaga yetmagan bo‘lsa, uning manzili to‘g‘risida ota-onasi yoki qonuniy vakillari xabardor qilinishi kerak.
Hukumatning tegishli qarori 2025 yil 5 fevraldan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026