Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh 2026 yilda Yer orbitasidagi obektlarni kuzatish uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchiradi
Qo‘shma Shtatlar Kosmik kuchlari generalining so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi apparatlarning birinchisi 2023 yil sentabrda uchirilgan va hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda.
AQSh 2026 yilda Yer orbitasidagi obektlarni kuzatishga mo‘ljallangan Silent Barker sun’iy yo‘ldoshlar tizimini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Defence News nashri.
AQSh Kosmik kuchlari generali Stiven Uatingning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi apparatlarning birinchisi 2023 yil sentabrda uchirilgan va hozirda sinovdan o‘tkazilmoqda.
Kosmik kuchlar tomonidan uchirilgan sun’iy yo‘ldoshlar soniga aniqlik kiritmagan, ammo nashrning yozishicha, ularning soni kamida ikkita.
Uaytingning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Kosmik kuchlari va Milliy razvedka boshqarmasi 2025 yildan sinov tariqasida sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishni rejalashtirmoqda. «Ular sinov va tekshiruvdan o‘tishi bilan bizning tezkor ma’lumotlar bazamizga axborot kelishni boshlaydi», — deydi Uayting.
Shundan keyin Yerdan 35,4 ming kilometr balandlikdagi geosinxron orbitaga yangi turdagi sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish boshlanadi.
Avvalroq astronavtlarning Oy atrofida uchishini o‘z ichiga olgan Artemis II missiyasining boshqariladigan sinov parvozi 2026 yilning apreligacha qoldirilgan edi. Kechikish issiqlikdan himoyalangan ekran bilan bog‘liq muammoni hal qilish, shuningdek, SpaceX apparati ekipajsiz muvaffaqiyatli qo‘nishi va parvoz davomida yonilg‘i quyish jarayonini namoyish etish zarurati bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026