Londonda 300 metrli ofis binosini qurishga ruxsat berildi
Londonda 74 qavatli ofis minorasini qurishga ruxsat berildi. U Buyuk Britaniya va G‘arbiy Yevropadagi eng baland bino - The Shard kabi balandlikka ega bo‘ladi.

Foto: EPA
London City administratsiyasi The Shard — Buyuk Britaniya va G‘arbiy Yevropadagi eng baland bino kabi bo‘ladigan 74 qavatli ofis minorasini qurishga ruxsat berdi, deb yozadi Financial Times.
1 Undershaft nomli o‘smono‘par binoni qurish ishlari unga qo‘shni bo‘lgan inshootlar, jumladan, Lloyd’s of London sug‘urta bozori raisi Bryus Karnegi-Braun qarshi chiqqanidan keyin to‘xtatib qo‘yilgan edi. U yangi bino Sent-Xelens-skver maydonini egallab, «City’ni yig‘inlar uchun juda muhim maydondan mosuvo qilishi» ta’kidlagan.
Loyiha investor Aroland Holdings kompaniyasi va Stanhope developeri minora asosidagi maydonning katta qismini saqlab qolish uchun birinchi qavat o‘lchamini kichraytirgan.
Qurilish ishlari 2030 yilga borib yakunlanishi kutilayotgan 1 Undershaft binosining balandligi 309,6 metrni tashkil etadi — bu Temzani qarama-qarshi qirg‘og‘ida joylashgan The Shard binoalari balandligi bilan teng.
Loyihaga ko‘ra, binoning 11-qavatida yashil zona joylashadi, yuqori qavatdan tomosha maydonchasi, shuningdek, London muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan bolalar uchun ta’lim markazi o‘rin oladi.
Aroland Holdings’ning asosiy aksiyadori singapurlik milliarder Kuok Kxun Gong — u moy olinadigan palma plantatsiyalarining dunyodagi eng yirik egalaridan biridir.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
-
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
Jahon | 16:02
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

22:46 / 22.04.2025