O‘zbekiston | 11:48 / 13.12.2024
581
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Hindiston zargarlik sohasidagi hamkorlikni faollashtiradi

O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtati bosh kotibi Manoj Pant bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Hindiston hududlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan yaqin hamkorlik tajribasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Manoj Pant O‘zbekistondagi yangilanish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ta’kidlab, hududlararo munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini qo‘llab-quvvatladi. Xususan, mazkur shtatda charm-poyabzal, to‘qimachilik, ayurvedik tibbiyot kabi tarmoqlar rivoj topganiga e’tibor qaratib, ushbu yo‘nalishlarda sheriklik aloqalarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi.

Uchrashuv doirasida to‘qimachilik, teri-ko‘nchilik, farmatsevtika, zargarlik, axborot texnologiyalari, oliy ta’lim, turizm kabi sohalardagi hamkorlikni faollashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi, boshqa dolzarb masalalarga e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid

E`lonlar