Turkiya Suriyaning bir qancha hududlarini qo‘shib olmoqchi ekani rad etildi
Suriyaning Damashq va Halab shaharlari ba’zi tarixiy shartlarda Turkiyaniki bo‘lishi mumkin edi, dedi Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an. Keyinchalik, uning so‘zlari matbuotda noto‘g‘ri talqin etilgani ta’kidlandi.

Foto: AFP
Suriyaning Halab, Idlib, Xama, Damashq va Raqqa shaharlari, agar tinchlik sharoitlari boshqacha bo‘lganida, Birinchi jahon urushidan keyin Turkiya tarkibidagi xuddi shu nomdagi viloyatlarning markazlariga aylanishi mumkin edi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zining «Adolat va taraqqiyot partiyasi» qurultoyida aytib o‘tdi.
«Agar Birinchi jahon urushi mintaqamiz chegaralarini qayta belgilaganida, sharoitlar boshqacha bo‘lganida nima bo‘lar edi? Katta ehtimol bilan biz Halab, Idlib, Xama, Damashq, Raqqa deb ataydigan shaharlar xuddi Antep, Xatay, Urfa kabi bizning viloyatlarimiz bo‘lardi», dedi u.
Bu yerlar xorij hukmronligiga o‘tgandan keyin ham Turkiya bu shaharlar aholisi bilan aloqalarini butunlay uzmoqchi emas edi, dedi Erdo‘g‘an.
Bu bayonotdan so‘ng bir qator ommaviy axborot vositalarida Erdo‘g‘an Suriyaning bir qancha shaharlarini Turkiyaga qo‘shib olish va Birinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan ikki davlat o‘rtasidagi chegarani qayta ko‘rib chiqish niyatini bildirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Keyinchalik Anqaradagi diplomatik manba Turkiya rahbariyatida bunday rejalar mavjudligini rad etdi.
«Janob prezident Birinchi jahon urushidan keyin chegaralarning qayta ko‘rib chiqilishi Turkiya bilan Suriya mintaqalarida yashovchi xalqlar o‘rtasida uzilish degani emas, ular qardosh xalq ekanini aytdi», dedi RIA Novosti manbasi.
Suriyaning Halab, Idlib va Raqqa shaharlari Turkiya chegarasiga yaqin, Xama va Damashq esa mamlakatning ichki qismida joylashgan. Turkiyaning G‘oziantep (sobiq Antep), Shonliurfa (sobiq Urfa) va Hatay shaharlari o‘z navbatida Suriya chegarasiga yaqin joylashgan.
1914-1918 yillardagi Birinchi jahon urushidan keyin Usmonli imperiyasi quladi va Turkiya tuzildi. Mamlakat Germaniya imperiyasi, Avstriya-Vengriya va Bolgariyani o‘z ichiga olgan To‘rtlik ittifoqining bir qismi sifatida mojaroga kirdi. Ushbu birlashma urushda mag‘lubiyatga uchradi.
Birinchi jahon urushi arafasida zamonaviy Suriya hududi Usmonli imperiyasining uchta viloyati - Bayrut, Halab va Damashqning bir qismi edi. Imperiya parchalanganidan so‘ng, Suriya qisqa muddat mustaqil bo‘ldi – 1920 yilda markazi Damashqda bo‘lgan Suriya arab qirolligi tuzildi. Keyinchalik mintaqa Fransiya tomonidan bosib olindi. 1926 yilda mandat hududi Livan va Suriyaga bo‘lindi. Fransiya 1941 yil 27 sentabrda Suriyaga mustaqillik berdi, ammo o‘z qo‘shinlarini 1946 yilda olib chiqdi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2 foizga ko‘paydi
O‘zbekiston | 15:29
-
Brent nefti narxi 2021 yildan beri eng past darajaga tushdi
Jahon | 15:24
-
Suriyada yakson bo‘lgan harbiy baza, Ukraina shaharlariga ketma-ket hujumlar va Trampga javob qaytargan Xitoy - kun dayjesti
Jahon | 14:40
-
Sabri tugayotgan Tramp, bemisl bojlar va Samarqand sammiti - geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 14:26
Mavzuga oid

16:50 / 30.03.2025
Alaviy, druz, xristian ayol. Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?

18:25 / 29.03.2025
“Hanuz Erdo‘g‘andek kuchli lider Turkiyada yo‘q” - siyosiy tahlilchi bilan suhbat

00:55 / 28.03.2025
Tramp ma’muriyati Suriyadagi «Oq kaskalar» tashkilotini moliyalashtirishni qisman to‘xtatdi

21:56 / 25.03.2025