AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Suriyadagi «Oq kaskalar» volontyorlar taşkiloti faoliyatini moliyalaştirişning asosiy qismini töxtatib qöydi, deb xabar beradi CNN.
Ma’lumotlarga köra, AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) «Oq kaskalar»ning yonğinlarga qarşi kuraş hamda qidiruv-qutqaruv işlarini moliyalaştirişni töxtatgan. USAID uşbu taşkilotga tegişli bildirişnoma yuborgan. Taşkilot agentlik bilan aloqada bölib turibdi va yordamning qayta tiklanişiga umid qilmoqda.
USAID vakili Kongressga yöllagan xatida 21 mart holatiga köra, agentlik 5,3 mingdan ortiq dastur, jumladan, «Oq kaskalar» bilan 30 million dollarlik şartnomani moliyalaştirişni töxtatganini ma’lum qilgan. Biroq Suriya taşkilotida AQŞ Davlat departamenti tomonidan ajratilgan 1,4 million dollar mablağ hali ham mavjud.
«Oq kaskalar» rahbarining örinbosari Faruh Habib moliyalaştiriş qisqartirilişining oqibatlari «halokatli» ekani va taşkilot ehtiyojlari «keskin oşgani»ni ta’kidlagan.
«Oq kaskalar» — Suriyadagi mojaro oqibatida jabrlanganlarga yordam körsatuvçi volontyorlik taşkiloti. Unga 2013 yilda asos solingan. Dastlab u nohukumat guruhlar nazorati ostidagi hududlarda faoliyat yuritgan, 2024 yil dekabrda Başar Asad rejimi qulaganidan söng esa butun Suriya böylab iş olib borgan. USAID «Oq kaskalar»ning eng yirik donorlaridan biri hisoblanadi.
«Oq kaskalar» Suriyadagi kimyoviy hujumlar haqida ma’lumot beruvçi manba sifatida bir neça bor e’tirof etilgan. Rossiya esa taşkilotni kimyoviy hujum qurbonlari iştirokidagi soxta videolarni tayyorlaş va terrorçi guruhlar bilan aloqadorlikda ayblagan. Öz navbatida, «Oq kaskalar» Rossiyani harbiy jinoyatlarda ayblagan.












