Farg‘ona viloyatida Umra ziyoratini noqonuniy tashkil etish bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
Huquq-tartibot idoralari Farg‘ona viloyatida Umra ziyoratini noqonuniy ravishda tashkil etishga urinish holatlariga chek qo‘ydi. Xususan, litsenziyaga ega bo‘lmay turib bu turdagi faoliyat bilan shug‘ullangan uch kishi qo‘lga olindi.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan joylarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni noqonuniy ravishda Umra safariga yuborishga urinish holatlari aniqlandi.
Jumladan, Marg‘ilon shahrida yashovchi M.A. vakolati bo‘lmasa-da, Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi besh nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishini aytib, xizmati evaziga 5700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa holatda esa Uchko‘prik tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari O.M. tegishli litsenziyaga ega bo‘lmay turib, ikki nafar fuqaroni umra ziyoratiga yuborish evaziga 2500 AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Qo‘qon shahrida kuzatilgan holatda, mahalliy turistik firma ish yurituvchisi A.J. ikki nafar fuqaroni aldab, ularni Umra ziyoratiga yuborish evaziga 2400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oktyabr oyi boshida O‘zbekistonda 77 ta firma Umra xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega edi. Ammo litsenziya olish qiyinlashtirilishi, xususan 1 mln dollarlik zaxira talabi kiritilganidan keyin, bu xizmatni ko‘rsatuvchilar soni keskin qisqardi va hozirda ular 12 tani tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Iqtisodiyot | 12:35
-
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi majlisida qatnashdi
O‘zbekiston | 12:33
-
Hafta oxirida bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 12:26
-
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi
O‘zbekiston | 11:49
Mavzuga oid

10:50 / 12.03.2025
Farg‘onada narkolaboratoriya fosh etildi

16:07 / 24.02.2025
Toshli tuman - Toshloqdan reportaj

15:51 / 24.02.2025
Farg‘ona viloyatida avtomobil yo‘lining bir qismi o‘pirilib tushdi

17:43 / 08.02.2025