Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
Bu tajriba 21 dekabr kuni Ar-Riyozda bo‘lib o‘tadigan jangning rasmiy natijalariga ta’sir qilmaydi.

Foto: Getty Images
Britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Oleksandr Usik o‘rtasidagi boks jangi vaqtida tarixda birinchi marta sun’iy intellekt asosida hakam ishlaydi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Bosh ko‘ngilochar boshqarmasi raisi Turkiy Ol Ash-Shayx ma’lum qildi.
Fyuri va Usik o‘rtasidagi revansh jangi 21 dekabr kuni Ar-Riyozda bo‘lib o‘tadi.
«Birinchi marta jangni sun’iy intellekt bo‘yicha hakam nazorat qiladi, bu tarafkashlik va inson xatosidan xoli bo‘ladi. Rasmiy natijalarga ta’sir qilmaydigan ushbu innovatsion tajriba 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan asrning eng yirik jangi vaqtida debyut qiladi», deb yozdi Ol ash-Shayx.
Fyuri va Usik o‘rtasidagi birinchi jang 19 mayga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi va ukrainalik bokschi hakamlar qarori bilan g‘alaba qozonib, og‘ir vaznda (90,71 kg dan yuqori) mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Hozir Usik mutlaq jahon chempioni emas, u Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamaridan voz kechgan.
37 yoshli Usik professional ringdagi 22 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan. 36 yoshli Fyuri faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini Usikdan qabul qilib oldi. Bungacha uning hisobida 35 ta jangda 34 ta g‘alaba va 1 durang bor edi.
Mavzuga oid

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)

10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi

08:07 / 06.04.2025