2024 yilning eng omadsiz valutasi ma’lum qilindi
Joriy yilda Braziliya reali AQSh dollariga nisbatan eng ko‘p – 20 foizdan ortiqqa qadrsizlangan valuta bo‘ldi. Janubiy Amerikaning eng katta iqtisodiyotida hozir 1 dollar rekord darajada qimmat – 6,2 realga baholanmoqda.

Foto: Getty Images
Bu inqirozning sababi – iqtisodiy noaniqlik, ziddiyatli siyosat va investorlarning ishonchsizligiga bog‘liq, deb yozadi The Economist.
Prezident Lula da Silva boshchiligidagi hukumat xarajatlarni kamaytirish uchun choralar ko‘rdi, jumladan, davlat xodimlari uchun ish haqi cheklovlarini joriy etdi. Lekin, shu bilan birga, kam daromadli va o‘rta daromadli aholi uchun soliq imtiyozlari va’da qilindi. Investorlar esa bu harakatlarni hukumatning moliyaviy intizomga jiddiy yondashmagani sifatida baholashdi. Bu holat, xususan, Braziliyaning budjet tanqisligi (YaIMning 10 foiziga yaqin) va davlat qarzi (YaIMning 90 foizi) fonida kuchaydi. Natijada, moliya bozorlarida sarosima yuzaga keldi.
Braziliya Markaziy banki vaziyatni barqarorlashtirishga harakat qildi: sentabrdan beri uch marta foiz stavkalari oshirildi, 3 milliard dollardan ortiq zaxiralar ishlatildi, lekin bu choralar natija bermadi. Hozirga kelib, ikki yillik davlat obligatsiyalarining daromadliligi 15 foizdan oshgan, bu esa investorlarning jiddiy xavotirini ko‘rsatadi.
Ekspertlarning fikricha, mamlakat moliyaviy intizomni kuchaytirish uchun tezkor choralar ko‘rishi kerak. Busiz realning qadrsizlanishi va iqtisodiy qiyinchiliklarni to‘xtatib bo‘lmaydi. Braziliya o‘zining tarkibiy muammolarini hal etmasa, inqiroz yanada chuqurlashishi mumkin.
Avvalroq, o‘zbek so‘mi 2024 yil boshidan buyon AQSh dollariga nisbatan 4,5 foizga qadrsizlangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari
Sport | 12:32
-
Rossiyada amerikalik Blekka chiqarilgan hukm yumshatildi
Jahon | 12:25
-
Britaniya universiteti O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekiston | 12:15
-
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi
Jahon | 12:05
Mavzuga oid

22:57 / 26.03.2025
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi

11:51 / 26.03.2025
Argentina Braziliyaga 4 ta gol urdi. Messi va jamoa titulni himoya qiladi

22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi

23:15 / 12.03.2025