AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
Bu davrda O‘zbekistonning 6226 nafar fuqarosi turli huquqbuzarliklar uchun ushlangan, ulardan 749 nafari hibsga olingan.
So‘nggi to‘rt yil ichida Qo‘shma Shtatlarda O‘zbekistonning 6226 nafar fuqarosi turli huquqbuzarliklar uchun ushlandi. Bunday ma’lumotlar AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati xizmatining 20 dekabr kuni e’lon qilingan hisobotida keltirilgan.
Hisobot 2020 yil oktyabrdan 2024 yil 30 sentabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi va xorijliklarning ushlanishi, hibsga olinishi va deportatsiyasi haqidagi ma’lumotlarni keltiradi.
Xabarda aytilishicha, bu davrda O‘zbekistonning 6226 nafar fuqarosi ushlangan, ulardan 749 nafari hibsga olingan, 736 nafari esa mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Hibsga olishlar va deportatsiyalar sababi AQSh qonunchiligining buzilishi bo‘lgani aytiladi, biroq tafsilotlar oshkor etilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga deportatsiya qilinganlar soni yil sayin oshib bormoqda. Jumladan, 2021 moliya yilida O‘zbekistonning 21 nafar fuqarosi Qo‘shma Shtatlardan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, 2022 moliya yilida bu ko‘rsatkich 55 nafarni, 2023 moliya yilida 88 nafarni, 2024 moliya yilida 572 nafarni tashkil qilgan.
Oxirgi 12 oy ichida Qo‘shma Shtatlar 271,5 ming kishini 192 davlatga deportatsiya qilgan, bu oxirgi o‘n yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
18:22 / 24.12.2024
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
17:40 / 24.12.2024