Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
Xitoyda tug‘ilish soni kamayib ketayotgani sabab yolg‘iz insonlar o‘rtasida oila qurishni va ko‘proq farzand ko‘rishni targ‘ib qilish ishlari kengaytirildi. Mahalliy hukumat ikkinchi tug‘ilgan bola uchun 14 ming dollargacha pul va’da qilmoqda.

Xitoy yolg‘iz insonlarni oila qurishga, oilalarni esa bittadan ko‘p farzand ko‘rishga undash maqsadida tug‘ilishni rag‘batlantirish kampaniyasini kengaytirdi. Financial Times’ning yozishicha, rag‘batlantirish tadbirlari mahalliy va milliy darajada amalga oshirilmoqda.
Joylardagi rasmiylar oilali ayollarga qo‘ng‘iroq qilib, ularning farzand ko‘rish borasidagi rejalari bilan qiziqmoqda. Xitoy aholisi bilan suhbatdan hamda ijtimoiy tarmoqlardagi postlardan ma’lum bo‘lishicha, shu kabi suhbatlardan keyin ko‘plab ayollar salomatligini tekshirish maqsadida konsultatsiyaga taklif qilinmoqda.
Ta’kidlanishicha, hozirda bir yoki undan ortiq farzandi bor oilalarga qo‘shimcha tug‘ilgan bola uchun maxsus to‘lovlar berilmoqda. Jetszyan shahrida yashovchi ayolning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy hukumat ikkinchi tug‘ilgan farzand uchun 100 ming yuan (14 ming dollar) va’da qilgan.
Bundan tashqari, universitetlar zimmasiga yolg‘iz talabalar uchun mo‘ljallangan «nikoh va sevgi kurslarini» joriy etish majburiyati yuklangan. XXR Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «universitetlar — talabalar o‘z sevgisini topishi mumkin bo‘lgan muhim joy» hisoblanadi.
Qo‘mita tomonidan talabalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarida respondentlarning 57 foizi hozircha oila qurish niyatida emasligini, chunki o‘qish bilan birga ko‘p ishlashga majbur bo‘layotganliklarini bildirgan.
Avvalroq Xitoyda 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan yangi nikohlar soni ushbu hisobni yuritish boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Fuqarolik ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida Xitoyda 4,74 million juftlik nikohdan o‘tgan, bu o‘tgan yilning mos davrida oila qurganlarga nisbatan 16,6 foizga kam.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Hizbulloh» qo‘mondoniga suiqasd, saylovdan mahrum etilgan Le Pen va Harvardni mablag‘dan mosuvo etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 14:28
-
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi
O‘zbekiston | 14:22
-
Qamchiqda Honda xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
Mavzuga oid

23:16 / 01.04.2025
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi

18:53 / 01.04.2025
Temu O‘zbekistonda ishlashi uchun 46 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerak - Soliq qo‘mitasi

17:41 / 01.04.2025
Xitoy Tayvan yaqinida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab, orol prezidentini «parazit» deb atadi

17:14 / 01.04.2025