Donald Tramp AQSh Oliy sudini TikTokʼning bloklanishini kechiktirishga chaqirdi
AQShning yangi saylangan prezidenti 2025 yil 19 yanvar kunidan boshlab mamlakatda bloklanadigan TikTok ijtimoiy tarmog‘iga oid muammoni siyosiy yo‘l bilan hal etish niyatida.

Foto: Alamy
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmog‘iga nisbatan e’tirozlarni siyosiy yo‘l bilan hal etish niyatida. U mamlakat Oliy sudini ijtimoiy tarmoqning AQShda taqiqlanishiga oid qonunni to‘xtatib turishga chaqirdi.
«U [Tramp] hurmat bilan sudni 2025 yil 19 yanvarda kuchga kiradigan qonunni to‘xtatib turishga chaqiradi. Bu yangi administratsiyaga ushbu jarayon bo‘yicha muammolarni siyosiy yo‘l bilan hal etish imkonini beradi», — deyiladi Trampning advokati Jon Sauerning bayonotida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ijtimoiy tarmoq bahsida hech bir tomonning pozitsiyasini egallamagan.
TikTok Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli. Aprelda prezident Jo Bayden ijtimoiy tarmoqning bloklanishini ta’minlaydigan qonunni imzolagan edi. O‘z navbatida Tramp ijtimoiy tarmoqqa nisbatan «yaxshi munosabatda» ekanini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, TikTokʼning yosh foydalanuvchilari ovozi unga saylovda g‘alaba qozonishiga yordam bergan. 2020 yilgi prezidentlik davrida Trampning o‘zi TikTokʼka nisbatan sanksiyalar qo‘llash tashabbusi bilan chiqqan edi.
Avvalroq AQSh Federal apellyatsiya sudi Xitoyning ByteDance kompaniyasi zimmasiga 2025 yil 19 yanvarga qadar TikTok platformasini sotish majburiyatini yuklagandi. Aks holda platforma AQSh hududida bloklanadi. ByteDance’ning apellyatsiya da’vosida qisqa videolar servisiga qo‘yilayotgan taqiq AQSh konstitutsiyasining so‘z erkinligi to‘g‘risidagi birinchi tuzatishini buzayotganini qayd etgan. Ammo sud ushbu asosga qo‘shilmagan.
Shuningdek, Kanada ham TikTok videoservisidan milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan mamlakatdagi TikTok Technology Canada Inc bo‘linmasi faoliyatini to‘xtatishni talab qilgan. Shu bilan birga, Kanada hukumati TikTok ilovasi ishini bloklash niyatida emas: undan foydalanish bo‘yicha qarorni foydalanuvchilarning o‘zlari qabul qilishi kerak.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
Mavzuga oid

09:05
AQSh bojlarni Shveytsariya tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda

08:22
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida

00:35
«Millionlab qurbonlar – uch kishi tufayli» – Tramp Ukrainadagi urushda Putinni ham aybladi

21:13 / 14.04.2025