Özbekiston hukumati Toşkent şahridagi modernizm yodgorliklarini YuNeSKOning Umumjahon merosi röyxatiga kiritiş böyiça materiallarni taqdim etadi.

Bu – Turizmni rivojlantirişga oid prezident qarorida közda tutilgan.

Qarorga köra, Toşkentni eng köp mozaikalar bor şahar sifatida jahon miqyosida e’tirof etilişiga erişiş vazifasi ham qöyildi.

Bundan taşqari, Samarqand şahridagi eng muhim tarixiy obektlarni boğlovçi 6,6 km uzunlikdagi turistik marşrutni taşkil etiş böyiça “Samarqandning meros yöli” loyihasi ham amalga oşiriladi.

Içan-qal’a / Foto: Kun.uz

Aholining turmuş tarzi, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari va kommunikatsiya tizimini tarixiy muhit bilan uyğunlaştirgan holda Xiva şahridagi Içan-qal’a majmuasini jahonda yagona bölgan immersiv va “aqlli” muzey-şaharga aylantiriş közda tutilgan.

Yuqorida sanab ötilgan tadbirlar 2026-2028 yillarga möljallangan bölib, ularning ijrosi uçun Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi, Madaniy meros agentligi va qayta taşkil etilgan Turizm qömitasi mas’ul böladi.