Özbekiston Turizm qömitasi rahbari Umid Şodiyev ma’lum qilişiça, 2024 yil davomida turizm sohasida jami 2,8 milliard dollarlik 591 ta loyiha amalga oşirilib, 19 428 ta yangi iş örni yaratilgan. Mutaxassislar fikriga köra, mazkur körsatkiçlar turizmning milliy iqtisodiyotda tutgan örni tobora oşib borayotganini körsatadi.
Naşrda qayd etilişiça, Özbekiston 2025 yilning yanvar–iyun oylarida 5,3 milliondan ortiq sayyohni qabul qilgan, bu ötgan yilga nisbatan ikki baravar köpdir. Turizm xizmatlari eksporti hajmi 2,4 milliard dollarga yetgani, bu esa 164 foizlik ösişni anglatişi ta’kidlangan.
Materialda Hilton, InterContinental, Bentley, Bell Wyndham & Partners, Azimuth kabi xalqaro mehmonxona brendlari bilan hamkorlik samarasida mamlakatning turli hududlarida investitsiya loyihalari amalga oşirilayotgani, 2025 yilning birinçi yarmida 60 ta yangi mehmonxona, 287 ta oilaviy mehmonxona, 146 ta xostel va boşqa turar joy obektlari faoliyat boşlagani qayd etilgan.
Umid Şodiyevning ta’kidlaşiça, hukumat 2025 yilda 11 million nafar xorijiy sayyohni jalb qiliş, sohada 3,8 milliard dollar daromad köriş va 50 mingga yaqin yangi iş örni yaratişni maqsad qilgan. Turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, xizmatlar sifatini oşiriş va xalqaro brendlar bilan hamkorlikni kengaytiriş uşbu rejalarni amalga oşirişda asosiy omillardan biri sifatida qayd etilmoqda.












