“Dunyo” axborot agentligi xabariga köra, mamlakatning Dehlidagi elçisi Sardor Rustamboyev Özbekiston va Hindiston örtasida mehmondöstlik sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş doirasida Goa ştati turizm vaziri Rohan Khaunte bilan uçraşuv ötkazdi.

Suhbat çoğida ikki mamlakat örtasidagi özaro munosabatlar, jumladan, turizm sohasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar turizm tarmoğini hamkorlikning eng muhim yönalişlaridan biri sifatida qayd etdi.

Ta’kidlanişiça, sönggi yillarda Özbekiston–Hindiston munosabatlari izçil rivojlanib bormoqda, turizm esa özaro aloqalarning asosiy harakatlantiruvçi kuçlaridan biriga aylangan.

Hindistonlik sayyohlarning Özbekistonga bölgan qiziqişi sezilarli darajada oşmoqda: 2023 yilda mamlakatimizga qariyb 50 ming hind fuqarosi taşrif buyurgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 80 mingdan oşgan, joriy yil yakuniga qadar esa hindistonlik turistlar soni 100 ming nafarga yetişi kutilmoqda.

Oşib borayotgan talabni qondiriş maqsadida aviaqatnovlar soni va geografiyasi kengaytirilmoqda. Bugungi kunda Uzbekistan Airways va Centrum Air, Hindistonning yetakçi aviataşuvçisi IndiGo tomonidan haftasiga 20 ga yaqin reys amalga oşirilmoqda. Uşbu parvozlar Toşkent, Dehli, Mumbay va Goa şaharlarini boğlab turibdi. Yaqin vaqt içida Dehli – Namangan yönalişida töğridan töğri aviaqatnov oçiş rejalaştirilgani ham qayd etildi.

Rohan Khaunte Goa ştati Özbekiston hududlari bilan turizm sohasida hamkorlik qiliş uçun katta istiqbollar körayotganini ta’kidladi. U ötgan yili bölib ötgan Toşkent xalqaro turistik yarmarkasida Goa delegatsiyasining samarali iştirokini eslatib, yarmarka yakunlariga köra erişilgan amaliy kelişuvlar bugungi kunda hayotga faol tatbiq etilayotganini qayd etdi.

Uçraşuvda qator muhim yönalişlarda qöşma sa’y-harakatlarni faollaştirişga kelişib olindi. Jumladan:

  • hind sayyohlariga Goa plyajlaridagi dam olişni Özbekistonning tarixiy şaharlariga safarlar bilan uyğunlaştiriş imkonini beradigan qöşma turistik marşrutlar işlab çiqiş;
  • turoperatorlar, jurnalistlar va blogerlar uçun özaro tanişuv turlari taşkil etiş;
  • turistik obektlarni boşqariş va kadrlar tayyorlaş böyiça ilğor tajriba almaşiş;
  • turizm sohasi uçun birgalikda mutaxassislar tayyorlaş;