Sud Yun Sok Yolni hibsga olish uchun qarorni tasdiqladi
Seul g‘arbiy okrug sudi Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish uchun orderni ma’qulladi. Parlament harbiy holat joriy etishga uringani uchun davlat rahbarini hokimiyatdan chetlatdi.

Seul g‘arbiy okrug sudi 3 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi qarori tufayli hokimiyatdan chetlatilgan Koreya Respublikasi (KR) prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olish orderini ma’qulladi. Bu haqda 31 dekabr, seshanba kuni tergov idoralari va yuqori lavozimli amaldorlar o‘rtasidagi korrupsiyani tergov qilish departamentiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Yonhap agentligining aniqlik kiritishicha, mamlakat konstitutsiyaviy tarixida birinchi marta amaldagi davlat rahbarini hibsga olish uchun order berilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tintuv uchun order ham taqdim etilgan. Yaqin kunlarda prokuratura hibsga olish haqidagi buyruqni, jumladan, prezident qarorgohida ham bajarishga kirishishi kutilmoqda.
Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti so‘roqqa chaqirildi
Janubiy Koreyaning lavozimidan vaqtincha chetlashtirilgan prezidenti Yun Sok Yol prokuraturaga so‘roqqa chaqirildi. U e’lon qilingan harbiy holat tufayli isyon ko‘tarishga urinish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda, deb xabar berdi Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi 17 dekabr kuni.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, bu Yun Sok Yoolga prokuraturaga kelish talabi bilan yuborilgan ikkinchi chaqiruv qog‘ozi — u birinchisiga e’tibor bermagan.
Prokuraturadan mustaqil ravishda Yun Sok Yolni politsiya, yuqori hukumat amaldorlari o‘rtasidagi korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi va Janubiy Koreya mudofaa vazirligining tergov departamenti vakillaridan iborat qo‘shma tergov guruhi tomonidan so‘roqqa chaqirilgan. Ushbu chaqiruv qog‘oziga ko‘ra, to‘xtatilgan prezident chorshanba kunigacha kelishi kerak.
Xabarlarga ko‘ra, tergovchilar, shuningdek, prezidentning telefon qo‘ng‘iroqlari yozuvlarini olish maqsadida uning xavfsizlik idorasida reyd o‘tkazgan.
Yun Sok Yolning o‘zi avvalroq fitna bo‘yicha ayblovlarni rad etgan edi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

20:10 / 11.06.2025
Janubiy Koreya KXDR bilan chegarada tashviqot radiosini o‘chirdi

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025