Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosiga uchta yangi poyezd olib kelindi
Yangi harakat tarkiblari 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ng yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Foto: Toshkent metropoliteni
Toshkent metropoliteni 31 dekabr kuni uchta yangi poyezd olib kelinganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bayram kunida uchta yangi harakat tarkiblari (12 ta metro vagoni) metro vagon parkiga olib kelingan.
Ushbu harakat tarkiblari belgilangan yo‘riqnomaga asosan, 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ng yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Transport vazirligi noyabr oyida metro liniyalarning umumiy uzunligi esa 38 kilometrdan 71 kilometrgacha oshgani, 2017 yildan 2019 yilgacha 36 ta poyezd ekspluatatsiya qilingani, shuningdek, 2024 yilga kelib ularning soni 65 taga yetkazilgani to‘g‘risida xabar bergandi. Vazirlik 2025 yil yakuniga qadar yana 26 ta zamonaviy tarkib xarid qilinishi rejalashtirilganini ma’lum qilgan edi.
Bundan tashqari, Toshkent metrosining 12 ta bekatida yo‘l haqini kaft orqali to‘lash imkoniyati yaratilgan, hozirgi vaqtda 4 ta — «Buyuk ipak yo‘li», «Amir Temur xiyoboni», «Paxtakor» va «Beruniy» metro bekatlarida hojatxonalar qurilishining 1-bosqichi boshlangan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026