Özbekistondagi eng yirik AYoQŞlar tarmoği bölmiş Carvon (sobiq UNG Petro) şoxobçalarida 1 yanvardan boşlab Ai-80 markali benzin narxi keskin oşdi.
Narx birdaniga 18,1 foizga qimmatlab, 1 litr uçun 6900 sömdan 8150 sömgaça kötarilgan. Buning sababi borsida rasmiy izoh berilganiça yöq.
2024 yil 1 yanvardan boşlab, aksiz soliğ böyiça imtiyoz bekor qilingaç, Ai-80 benzini narxi 6050 sömdan 6800 sömgaça oşgandi. Şu tariqa, joriy narx oşişi bilan, oxirgi bir yilda uşbu yoqilği 33,9 foizga qimmatlaşdi.
Ai-80 markali benzin Buxoro neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqariladi. Zavodga egalik qiluvçi “Özbekneftgaz” AJ 29 dekabr kuni bayonot berib, 1 yanvardan e’tiboran barça turdagi neft mahsulotlari faqat birja orqali sotilişini ma’lum qilgan.
“2025 yil 1 yanvardan e’tiboran “Buxoro NQIZ” MÇJ tomonidan işlab çiqarilayotgan barça turdagi neft mahsulotlari, şu jumladan, avtobenzin ham faqat birja savdolari orqali erkin raqobat muhitida sotuvga çiqariladi.
Respublika aholisining avtobenzinga bölgan talabini bir maromda qondiriş masalasi davlat nazoratiga olingan bölib, buning uçun barça imkoniyatlar safarbar etilgan”, – deyiladi “Özbekneftgaz” bayonotida.
Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, UNG Petro bir yil avval xususiylaştirilganiga qaramay, benzinni birjadan taşqari, ya’ni töğridan töğri va imtiyozli narxlarda sotib oliş imkoniga ega bölgan.
“Qiziği, hali 2025 yil hisobidan birja biron kun işlagani yöq va ilk savdolar 3 yanvar kuni ötkaziladi. Bu degani birjadan olingan benzin UNG Petro zapravkalarida faqat kelasi haftadan sotilişi mumkin. Demak, hozirgi 8 150 sömdan sotilayotgan benzin imtiyozli narxlarda va ötgan yili töğridan töğri olingan arzon benzinning qoldiği”, – deya yozgan Bakirov holatga Raqobat va Soliq qömitalari munosabat bildirişi kerakligini qayd etgan.
Mamlakatdagi eng yirik AYoQŞlar tarmoği xususiylaştirilgani boasida rasmiylar hamon izoh bermay kelmoqda. Jamoatçilik va OAV bu haqda 2024 yil 1 mart kuni
















