Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov 13 oktyabrga ötar keçasi Feodosiyadagi neft bazasiga dronlar hujumi uyuştirilganini ma’lum qildi.

«Duşmanning uçuvçisiz uçiş apparatlari Feodosiyadagi neft bazasiga hujum qildi. Oqibatda yonğin kelib çiqqan. Hozirgi ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar yöq. Barça tegişli xizmatlar allaqaçon voqea joyida işlamoqda. Havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan 20 dan ortiq dron urib tuşirilgan», – deb yozgandi u.

Ukraina xavfsizlik xizmatidagi manbalar bir qator ommaviy axborot vositalariga Ukraina harbiylari Feodosiyadagi neft bazasiga hujum uyuştirgani va beşta rezervuarga zarba berganini tasdiqladi, biroq Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi hujum haqida rasman 15 oktyabr, çorşanba kuni ertalab xabar berdi.

«Aniqlaştirilgan ma’lumotlarga köra, 2025 yil 13 oktyabrga ötar keçasi vaqtinça bosib olingan Feodosiyadagi Dengiz neft terminali korxonasi takroran aniq nişonga olingani tasdiqlandi», – deyiladi ukrainalik harbiylar bayonotida.

Boş ştab ma’lumotlariga köra, hujum natijasida avvalgi hujumdan keyin omon qolgan 16 ta yoqilği rezervuari şikastlangan. Korxona hududida hali ham keng kölamli yonğin davom etmoqda.

«Qrim.Realiya»ning yozişiça, sodir bölgan yonğinning şu’lasi Feodosiyadan şimolroqdagi Eski Qrim şahridan hamda Qrimning janubiy sohilining ğarbiy qismida joylaşgan Alupkadan ham körinmoqda.

«Krimskiy veter» kanali monitoring guruhi ma’lumotlariga köra, seşanba kuni keçqurun Feodosiyadagi neft quyiş terminalida oltita yoqilği rezervuari hamon yonayotgandi.

Seşanba kuni «Qrim.Realiya» Feodosiya ustida zaharli tutun suzib yurgani – uni hatto Eski Qrimdan (neft bazasidan taxminan 25 km uzoqlikda) ham köriş mumkinligi haqida yozdi. Yonğin sodir bölgan joydan 10 km masofada kuyindi hidi sezilgan.

Çorşanba kuni ertalab neft bazasi yonidan ötiş hali ham yopiq edi, tutun izi esa Kerç tomon 36 kilometrga çözilgan, deb yozadi «Krimskiy veter».

Feodosiya meri Vladimir Kim esa şaharda havo gigiyenik me’yor doirasida qolayotganini ta’kidlagan.

NASA FIRMS tizimi ma’lumotlariga köra, Dengiz neft terminali joylaşgan hududda issiqlik anomaliyalari qayd etilgan, bu yirik yonğindan dalolat berişi mumkin. Yuqori harorat izlari xaritada hali ham saqlanib qolgan.