Jo Baydenning rafiqasi Ukraina elchisidan 14 ming dollarlik to‘g‘nog‘ich olgani ma’lum bo‘ldi
AQSh prezidenti oilasi bir yil davomida xorijlik yetakchilardan olgan sovg‘alariga oid hisobot e’lon qilindi. Jill Baydenga eng qimmat sovg‘ani Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bergan - 7,5 qirotli dollarlik brilliant.

Foto: EPA
AQSh prezidenti Jo Baydenning oilasi 2023 yilda xorijlik yetakchilardan o‘n minglab dollarlik sovg‘alar qabul qilib oldi. Bu haqda Davlat departamenti tomonidan e’lon qilingan yillik moliyaviy hisobotda so‘z boradi.
Sovg‘alar orasida Janubiy Koreyaning yaqinda impichment e’lon qilingan prezidenti Yun Sok Yol topshirgan 7,1 ming dollarlik esdalik fotoalbomi, Mo‘g‘uliston bosh vaziri bergan 3495 dollar turadigan mo‘g‘ul jangchisining haykalchasi ham bor. Shuningdek, AQSh prezidentining rafiqasi Jill Bayden Ukrainaning Qo‘shma Shtatlardagi elchisidan 14 ming dollarlik to‘g‘nog‘ichni qabul qilib olgan.
Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy esa o‘z navbatida prezident oilasiga 2,4 ming dollarga baholangan kollajni sovg‘a qilgan.
AQShning birinchi xonimi eng qimmat sovg‘ani Hindiston bosh vaziri Narendra Modidan qabul qilib olgan: qiymati 20 ming dollarga yetadigan 7,5 qirotli brilliant. Ushbu qimmatbaho buyum Oq uyning sharqiy qanotida qolgan: prezident oilalari qimmatli sovg‘alarni har doim bo‘lmasa-da, ko‘pincha Milliy arxivga topshiradi — ushbu buyumlar u yerda namoyishga qo‘yiladi.
Federal qonunga ko‘ra, amerikalik amaldorlar qiymati 480 dollardan oshadigan olgan barcha sovg‘alari to‘g‘risida hisobot berishlari kerak. Shu bilan birga, sovg‘ani olgan insonda uni hukumatdan bozor narxida sotib olish imkoniyati mavjud.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
-
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
O‘zbekiston | 19:09
-
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
O‘zbekiston | 19:00
-
Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46