O‘zbekiston | 12:28 / 05.01.2025
16904
2 daqiqa o‘qiladi

​​​​​​​Buxoroda soxta raqam taqib 106 marta qoida buzgan haydovchi chegirmadan foydalanib, 2 barobar kam jarima to‘ladi

U sodir etgan qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori 138 mln so‘mga yetgan, lekin 50 foizlik chegirma hisobiga ashaddiy qoidabuzar jarimaning faqat yarmini to‘lab qutulgan.

Foto: Videodan kadr

Buxoroda mashinasiga soxta davlat raqami taqib harakatlangan haydovchi 106 marta qoidalarni buzgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida yashovchi haydovchi bir muddat mashinasiga soxta raqam taqqan holda harakatlangan.

“Bu kun” informatsion dasturida aytilishicha, YPX xodimlari uni soxta davlat raqami taqib harakatlanib yurganida to‘xtatishganda haydovchi ularga mashinasini bir soatga qoldirmay olib chiqib ketishini aytgan.

Biroq mashina egasi barcha jarimalarni to‘lamaguncha jarima maydonchasida 94 kun davomida turgan. Bu davrda barcha qoidabuzarliklari aniqlanib, unga ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shunda haydovchi soxta raqam bilan jami 106 marta qoidalarni buzgani va jarimalar miqdori 138 mln so‘mni tashkil etgani aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, haydovchi jarimalarni 50 foiz chegirma asosida to‘lagan. Bundan tashqari, soxta raqam taqib yurgani uchun unga MJtKning 125-moddasi 6-qismi bilan BHMning 10 barobari (3 750 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

Mavzuga oid