Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kongressi Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tasdiqladi
AQSh Senati va Vakillar palatasi a’zolari 6 yanvar kuni o‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda Donald Trampning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini tasdiqladi.
Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishiga Kamala Harris raislik qildi, deb xabar beradi The Guardian.
Trampning g‘alabasi tasdiqlanganini prezidentlik saylovlarida unga raqiblik qilgan, AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris e’lon qildi.
Tramp saylovchilarning 312 ta ovozini qo‘lga kiritgan. Harris bu haqida e’lon qilganidan keyin respublikachilar o‘z qarsak va hayqiriqlari bilan uning chiqishini uzib qo‘ygan. Bir necha soniyadan keyin Harris saylovchilarning 226 ta ovozini qo‘lga kiritganini aytgan, shundan so‘ng demokratlar qarsak chalishga o‘tgan.
To‘rt yil oldin, 2021 yil 6 yanvarda prezidentlik saylovi natijalari va Jo Baydenning undagi g‘alabasi tasdiqlanadigan kunda Kongress yig‘ilishi bir necha soatga to‘xtatib qo‘yilgan edi — bunga Donald Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgani sabab bo‘lgan.
Tramp g‘alaba qozongan prezidentlik saylovlari 2024 yil 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgandi, uning inauguratsiyasi 20 yanvar sanasiga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026