Avstriyada konservatorlar o‘ng populistlar bilan muzokaralarni boshlaydi
Avstriya Xalq partiyasi o‘ng populist partiya ishtirokisiz koalitsiya tuzish bo‘yicha muzokaralar olib borishga urinib ko‘rdi. Biroq, muvaffaqiyatsizlikka uchragach, muzokaraga rozi bo‘ldi.

Kristian Stoker Foto: Heinz-Peter Bader/AP/picture alliance
Avstriya Sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) va "Yangi Avstriya va Liberal forum" (NEOS) partiyasi bilan koalitsiya muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, konservativ Avstriya Xalq partiyasi (AXP) o‘ng populist Avstriya ozodlik partiyasi (AOP) bilan koalitsiya muzokaralarini boshlash taklifini qabul qildi. AXP boshqaruvi bir ovozdan AOP bilan muzokaralarni yoqlab ovoz berganidan so‘ng, partiya yetakchisi Kristian Stoker 8 yanvar, chorshanba kuni muzokaralarga kirishish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb xabar beradi APA axborot agentligi.
Shu bilan birga, Stoker AOP matbuot erkinligi, Rossiyaga nisbatan pozitsiyasi va Yevropa hamkorligi kabi muhim masalalar bo‘yicha «halol javoblar»ga muhtojligini ta’kidladi.
O‘tmishda o‘ng populistik partiyaning ashaddiy muxolifi bo‘lgan Kristian Stoker va AOP rahbari Herbert Kikl o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi yaqin kelajakda bo‘lib o‘tishi kerak — aniq belgilanmagan vaqt.
Avstriya rahbari o‘ng populistlar yetakchisiga vazirlar mahkamasini tuzishni topshirdi
Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen o‘ng populistik Avstriya Ozodlik partiyasi rahbari Herbert Kiklga hukumat tuzish vazifasini topshirdi. Avstriya rahbari siyosatchi bilan 6 yanvar kuni Venadagi Xofburg saroyida uchrashdi.
«Janob Kikl hukumat muzokaralari davomida hayotiy yechimlar topa olishiga ishonchi komil va bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmoqchi», — deya Van der Bellen so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
AOP raisi Avstriya rahbarini konservativ Avstriya xalq partiyasi bilan muhokamalar borishi haqida xabardor qilib turishga va’da berdi.
«Bu qadam men uchun oson bo‘lmadi», deb tan oldi Avstriya yashillarining sobiq yetakchisi Van der Bellen. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u «konstitutsiya tamoyillari va qoidalari hurmat qilinishi va amalga oshirilishini» ta’minlashda davom etadi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi

01:33 / 05.04.2025
Avstriya chorva mollari orasida tarqalgan infeksiya sabab chegaralarini yopadi

17:36 / 09.03.2025
Olimlar Avstriya muzliklari rekord darajada tez eriyotganidan ogohlantirdi

00:48 / 06.03.2025