O‘zbekistonda “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, yashil bog‘lar va yashil parklarda quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalanilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Kun.uz
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
2025 yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish borasida:
- aholi uchun piyoda va velosiped yo‘laklarida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratilishi, sohil va daryo bo‘ylarida 80 ta infratuzilma obekti va 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurilishi;
- yomg‘ir va oqova suvlardan samarali foydalanish, mahallalardagi daraxtlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar orqali sug‘orish tizimini joriy etish natijasida yashillik darajasi oshirilishi;
- “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekilishi, yashil bog‘lar va yashil parklarda quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalanilishi;
- Orol dengizi tubida 100 ming gektar “yashil maydon” barpo etilishi va Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlar 2,1 million gektarga yetkazilishi;
- o‘rmon bilan qoplangan maydonlar 4,1 million gektarga yetkazilishi va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar 14,5 foizgacha kengaytirilishi hamda ularning ekoturizm, ko‘chatchilik va dorivorchilik yo‘nalishlaridagi foydalanilmayotgan zaxiralari aniqlanib, safarbar qilinishi va aholining daromadlari oshirilishi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining tanlangan hududlarida sho‘r va suvsizlikka chidamli o‘simliklar (galofit) bog‘lari tashkil etilishi;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida davlat “in-vitro” laboratoriyalari tashkil etilishi, shuningdek xususiy “in-vitro” laboratoriyalarini barpo etishga tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlarni ajratish uchun xalqaro moliya institutlaridan kamida 30 million dollar miqdorida mablag‘lar jalb etilishi;
- jamoatchilik, ekofaollar va biznes vakillarining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash akseleratsiya tizimi joriy etilishi ta’minlanadi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi
O‘zbekiston | 08:56
-
Zelenskiy Mers Ukrainaga TAURUS raketalari yetkazilishiga rozi bo‘lishiga umid qilmoqda
Jahon | 08:50
-
Tramp Ukrainada sulhdan umid uzdi va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
Jahon | 08:30
-
Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 08:16
Mavzuga oid

23:27 / 28.03.2025
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi

11:59 / 27.03.2025
O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi yopildi

08:35 / 22.02.2025
Amir Temur ko‘chasida Cobalt piyodani urib yubordi

08:00 / 18.02.2025