Poytaxtning Özbekiston ovozi köçasining yana bir qismi - Şastri köçasi bilan çorrahadan Yahyo Ğulomov köçasigaça bölgan hudud rekonstruksiya işlari munosabati bilan 27 mart kuni ertalab soat 7:00 dan 30 aprelga qadar transportlar harakati uçun yopiladi. 

Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani hokimligi xabar berişiça, köça aholi ehtiyojlari va zamonaviy şaharsozlik standartlariga javob beradigan 24 soatlik maskanga aylantiriladi.

Loyiha piyodalar yölaklarini kengaytiriş, yöl bölagini toraytiriş va avtomobillar tezligini çeklaş uçun brusçatka yotqiziş, yangi daraxt va butalar ekişni öz içiga oladi.

Hozirgaça köçaning 64-maktab va Le Grande Plaza mehmonxonasi (sobiq «Tata») oldidagi qismlari ta’mirdan çiqarildi.