Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand şahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinçi sammiti bölib ötadi.

Bugun, 2 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötadigan mazkur sammit işida qatnaşiş uçun Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta mamlakatga taşrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan söng, Yevropa kengaşi raisi taşrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jönab ketdi.