Xalq artisti Jyenisbek Piyazovga qisqa vaqtda belgilangan 4 ta jarima bo‘yicha izoh berildi
Izohda aytilishicha, Xalq artisti Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi yo‘lda tezlikni oshirgan va shu jarayonda turli radarlar qoidabuzarliklarni qayd etgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Xalq artisti Jyenisbek Piyazov tomonidan yo‘llangan video murojaat e’lon qilindi.
Unda artist Toshkent viloyatidagi yo‘llarning birida mashinasi bilan harakatlanayotganida qisqa vaqtda bitta multiradar mashinasiga ketma-ket jarima yozganini aytgan. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, Jyenisbek Piyazovga tegishli mashina Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi yo‘lning 45 va 50 kilometrlaridagi qo‘zg‘almas ustunga o‘rnatilgan statsionar radarlar orqali va ushbu yo‘lning 24 va 31 kilometrlarida xizmat olib borayotgan 2 ta mobil kompleksli (turli xil avtomobillarga o‘rnatilgan) radarlar orqali tezlikni oshirib harakatlanganligi qayd etilgan.
Shu sababli qonunlarda belgilangan tartibda har bir sodir etilgan huquqbuzarlik uchun alohida jarima qarorlari chiqarilgan.
“Hurmatli fuqorolar, shu sababli avtomobil yo‘llarida tezlik me’yorlariga amal qilishingiz talab etiladi. Zero tezlik me’yorlariga amal qilmaslik insonlar sog‘lig‘i va hayotiga ziyon yetishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Jyenisbek Piyazov o‘z murojaatida jarimaga tortish haqidagi elektron tarzdagi ma’muriy bayonnomani ko‘rsatadi. Unda artist soatiga 130 km tezlikda harakatlangani qayd etilgan.
Mavzuga oid

15:50 / 27.03.2025
Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida o‘quvdan o‘tganlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

19:51 / 24.03.2025
Markaziy bank 5 ta bankni jarimaga tortdi

12:45 / 22.03.2025
Sirdaryoda “GAI” xodimining suratini uni obro‘sizlantirish maqsadida tarqatgan qiz jarimaga tortildi

20:39 / 17.03.2025