O‘zbekiston YaIM 6,5 foizga o‘sib, 115 mlrd dollarga yetgani ma’lum qilindi
Prezident selektorida aytilishicha, o‘tgan yili 100 mln dollardan ko‘p investitsiya jalb qilgan tumanlar soni 50 tani tashkil etgan. 2023 yilda bunday tumanlar 11 ta edi. Shu bilan birga, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Vengriya, Yaponiya, Malayziya kabi yuqori salohiyatli mamlakatlardan 2024 yilda 100 million dollar ham investitsiya kelmagani qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
2024 yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetdi. Bu haqda prezident raisligida investitsiya masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan selektorda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, xorijiy investitsiyalar 1,6 barobar o‘sib, 34,9 milliard dollarni tashkil qilgan. Qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va o‘rta loyihalar ishga tushgan, eksport ilk bor 27 milliard dollarga chiqqan.
O‘tgan yili 50 ta tumanga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kirib kelgan (2023 yilda bunday tumanlar 11 ta edi).
Davlatobod, Yangi Namangan, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Shayxontohur tumanlari, Namangan va Samarqand shaharlarida investitsiyalar 300 million dollardan oshgan.
“Tog‘-kon, neftgaz, kimyo, qishloq xo‘jaligida reja 2 karra ortig‘i bilan bajarildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Yig‘ilishda yetarli sharoit bo‘la turib, investitsiya rejasi to‘qimachilikda 17 mln dollarga kam bajarilgani, investitsiya “O‘ztransgaz” va "O‘zmetkombinat"da 2 barobar, “O‘zsuvta’minot”da 20 foizga pasaygani ko‘rsatib o‘tildi.
Bu tashkilotlar rahbarlari shu yil birinchi chorakda o‘zgarish qilmasa, ularning faoliyatiga baho berilishi haqida qattiq ogohlantirildi.
Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Davlat aktivlari, Farmatsevtika va O‘rmon xo‘jaligi agentliklarida grant olib kelish rejasi 25 foizga ham bajarilmagani, Qurilish, Transport, Madaniyat vazirliklari, Turizm qo‘mitasi olib kelgan granti esa 10 million dollardan past bo‘lgani tanqid qilindi.
Umuman, Maktabgacha va maktab ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Transport, Sport, Oliy ta’lim, Madaniyat, Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Raqamli texnologiyalar, Qurilish vazirliklarining investitsiya va grant olib kelishi bor imkoniyatlarga mutlaqo mos emasligi ko‘rsatib o‘tildi.
Salohiyati yuqori bo‘lgan Fransiya, Yaponiya, Italiya, Vengriya, Malayziya, Ispaniyadan o‘tgan yili 100 million dollar ham investitsiya kelmagani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida
O‘zbekiston | 13:29
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy xokkey jamoasini tarixiy yutuq bilan tabrikladi
Sport | 13:23
-
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV
Jahon | 13:15
-
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti
Jahon | 13:04
Mavzuga oid

13:23
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy xokkey jamoasini tarixiy yutuq bilan tabrikladi

08:05
Birinchi chorakda qariyb 9 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirildi

16:14 / 21.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

15:51 / 21.04.2025