Nemis firmasi Rossiyaga qurol yetkazib berganini rad etdi
Dekabr oyida bir guruh xalqaro ommaviy axborot vositalari Hamburgda joylashgan Hans Wrage firmasi Rossiyaga qurol yetkazib berayotgani haqida yozgan edi. Nemis kompaniyasi DW'ga batafsil izoh berib, ayblovlarni rad etdi.

Foto: Franco Palamaro
Germaniya qurol tarqatuvchisi Hans Wrage & Co. GmbH o‘zi yetkazib bergan qurollar uchinchi davlatlar orqali Rossiyaga yetib kelayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Kompaniya 14 yanvar, seshanba kuni DW'ga eksklyuziv izoh yubordi.
Dekabr oyida bir guruh xalqaro ommaviy axborot vositalari Rossiya qanday qilib sanksiyalarni chetlab o‘tib, sobiq SSSR davlatlari orqali Yevropa Ittifoqi va AQShdan snayper miltiqlari va o‘q-dorilarini olishda davom etayotgani haqidagi surishtiruvni chop etdi. Material The Insider (Rossiya), Investigace (Chexiya), IrpiMedia (Italiya) va "Vlast" (Qozog‘iston) jurnalistlari tomonidan tayyorlangan. Matnda turli G‘arb kompaniyalari, masalan, Lyuksemburgdagi Beretta holdingi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga qurol-yarog‘lar kirib kelayotgan sobiq SSSRning bir qancha davlatlari sanab o‘tilgan.
Hans Wrage & Co'ga qarshi ayblovlar
Surishtiruv shuni ko‘rsatdiki, Germaniya qurol ishlab chiqaruvchilari orasida Hamburgdagi Hans Wrage & Co firmasi Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalarni saqlab turadi. Uning rahbari Frauke Lyoman Rossiyaning "Rusimpeks" qurol kompaniyasining 15,96 foiz aksiyalariga egalik qiladi, deb xabar berdi OAV. Ular Ukrainadagi urushga qaramay, "Rusimpeks" Rossiya Federatsiyasiga Miroku yapon karabinlarini, Germaniyaning Anschütz, Krieghoff ov miltiqlarini, Ruag Ammotec va RWS patronlarini, shu jumladan, harbiy kalibrdagilarni import qilishni davom ettirayotganini yozdi.
Ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Hans Wrage'ning o‘zi Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol va o‘q-dorilarni sotishdan bosh tortgan, ammo pnevmatik o‘qlar, qurol qutilari, ov kiyimi va poyabzallarini yetkazib berishda davom etmoqda. Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Hans Wrage Qozog‘istonga kamida 309 ta Italiyaning Benelli ov miltig‘i va 176 ta Germaniyaning Blaser karabinlarini yetkazib bergan. The Insider yozganidek, ularning ba’zilari o‘sha yerdan Rossiyaga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews
Jahon | 05:20
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
Mavzuga oid

08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

08:28 / 05.04.2025
Yevropa va Kanada Putindan AQSh taklifiga darhol javob berishni talab qilmoqda

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

00:50 / 05.04.2025