Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda temiryo‘lga beton bo‘lagi qo‘yib ketildi
Beton bo‘lagini urib ketgan “Afrosiyob” poyezdi ma’lum muddat to‘xtab qolgan va manzilga qariyb 1,5 soat kechikib borgan. Poyezdda yuzdan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.
Samarqand viloyatining Paxtachi tumani hududida temiryo‘l ustiga beton bo‘lagi qo‘yib ketildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.
Manbaning ma’lum qilishicha, voqea kechda sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs temiryo‘l chetida masofa yozilgan belgi ostidagi beton bo‘lakni kovlab olgan. So‘ngra uni temiryo‘l ustiga qo‘yib ketgan.
Buxoroga ketayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi beton bo‘lagiga katta tezlikda kelib urilgan va ma’lum muddat to‘xtab qolgan. So‘ngra yo‘lida davom etgan poyezd manzilga 1 soat 24 minut kechikib borgan.
Poyezdda 133 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularga tan jarohati yetmagan.
Hozircha holat qachon bo‘lgani, beton bo‘lagini temiryo‘lga kim va nima maqsadda qo‘yib ketgani, shuningdek, “Afrosiyob” poyezdiga yetkazilgan zarar miqdori ma’lum emas.
Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ matbuot kotibi bilan bog‘landi. Jamiyat matbuot kotibi tahririyatga ma’lumot taqdim qilmadi. Shuning barobarida holat sodir bo‘lganligini inkor ham etmadi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
17:46 / 10.06.2026