Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda 10 gektar yerni 250 mln so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Ular hokimlik zaxirasida bo‘lgan mazkur yer maydonlari o‘zlariga tegishli ekaniga fuqaroni ishontirgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xorazm viloyatida yer talon-toroji bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, fuqaro B.T.ning Xorazm viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida I.B. ismli shaxs va boshqalar Shovot tumani hududida joylashgan hokimlik zaxirasidagi 10 gektar ekin yer maydonini go‘yoki o‘zlariga tegishli ekanligiga ishontirib, kelgusi yilda sholi ekib, yerdan foydalanishi uchun 250 million so‘mga sotishga kelishib, oldindan 6,7 ming dollar va 3,8 million so‘m pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Andijon va Navoiy viloyatlarida noqonuniy tarzda yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani, Toshkentda davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
11:00 / 08.11.2025
Xorazmda virusli dastur orqali fuqarolar pulini o‘g‘irlab kelgan guruh qo‘lga olindi
17:21 / 18.10.2025