Ma’lum qilinişiça, departamentning Andijon viloyati boşqarmasi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tergovga qadar tekşiruv materiallariga köra, fuqaro Z.Yu. boşqa bir fuqaroning işonçiga kirib, özini göyoki Andijon viloyati Statistika boşqarmasi xodimi sifatida taniştirgan. U Andijon tumanidagi Yöldoş Oxunboboyev massivida joylaşgan davlat zaxirasi yer maydoni auksion orqali uning farzandi nomiga rasmiylaştirilgani haqida yolğon ma’lumot bergan.
Şundan söng mazkur 40 sotix yer maydonining hujjatlarini kelgusida xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilib, bu xizmat uçun 160 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi kelişilgan mablağning dastlabki qismi hisoblangan 80 ming AQŞ dollarini olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda işning barça holatlarini aniqlaşga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutasaddilar fuqarolarni yer ajratiş, auksion savdolari va mulkni rasmiylaştiriş bilan boğliq masalalarda faqat rasmiy manbalar va qonuniy tartiblarga tayanişga çaqirmoqda.
















