Tramp «qasos olish» bilan tahdid qilgan shaxslarni Bayden oldindan afv etdi
AQSh prezidenti lavozimdagi oxirgi kunida mamlakat Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining sobiq rahbari hamda mamlakatning sobiq bosh infeksionistini afv etdi.

Foto: AP
Jo Bayden 20 yanvar kuni AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining sobiq rahbari Mark Milli, mamlakatning sobiq bosh infeksionisti Entoni Fauchi, 2020 yil yanvarda Kapitoliyga uyushtirilgan hujumni tergov qilgan Vakillar palatasi qo‘mitasi a’zolari va xodimlarini afv etdi.
Qayd etilishicha, bu bilan Bayden AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp administratsiyasi tomonidan ushbu shaxslarning «siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinishi»ga qarshi turmoqchi.
«Odamlar hatto hech qanday yomon ish qilmagan va aslida to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat oqlanayotganiga qaramay, tergov yoki sud ta’qibi faktining o‘zi ularning obro‘si va moliyaviy ahvoliga mislsiz zarar yetkazishi mumkin», — degan Bayden.
Jo Bayden hali tergov boshlanmagan shaxslarni afv etishni rejalashtirgani haqida Associated Prses manbalari xabar bergandi. Agentlikning yozishicha, Donald Trampga qarshi chiqqanlarga jinoiy ish ochish bilan tahdid qilgan bo‘lajak administratsiyadan «qo‘rquvga tushgan ayrim sobiq amaldorlar Oq uyga murojaat qilgan». Xususan, COVID-19 pandemiyasi vaqtida mamlakatdagi vaziyatni muvofiqlashtirishga yordam bergan Entoni Fauchi Donald Trampning sog‘liqni saqlash sohasidagi zarur chora-tadbirlar to‘g‘risidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgani uchun qamalgan qariyb 2,5 ming kishini afv etgandi. Dekabr oxirlarida esa AQSh prezidenti federal sudlar tomonidan o‘limga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirgan edi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?
Jahon | 19:10
-
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi
Jamiyat | 19:00
-
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56
-
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi
Jahon | 18:50
Mavzuga oid

18:50
AQSh savdo bitimini tuzmagan davlatlarga ogohlantiruvchi xat yuborishni boshladi

12:26
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

22:00 / 03.07.2025
«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?

19:18 / 03.07.2025