O‘zbekiston | 15:58 / 21.01.2025
4315
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy gvardiya xodimlariga ham fuqarolarga o‘zini tanishtirish majburiyati yuklatiladi

Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishdan o‘tgan qonun loyihasiga asosan, Milliy gvardiya xodimi fuqarolar bilan muloqotga kirishganda o‘zini tanishtirishi, fuqaroga uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi shart bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Fuqarolar bilan muloqotda o‘zini tanishtirish talabi Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Qonunchilik palatasining ma’lum qilishicha, “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi qonunga tegishli qo‘shimcha qo‘shilmoqda.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) fuqaroga murojaat etganida hamda o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda o‘zini tanishtirishi hamda fuqaroga uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi shart, deyiladi qonunga qo‘shilayotgan yangi normada.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi 2017 yil 4 avgust kuni tashkil etilgan. 2020 yil 18 noyabrda qabul qilingan Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun 2021 yil 20 maydan kuchga kirgan.

Mavzuga oid