Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda birinchi o‘zbek-fransuz tibbiyot forumi tashkil etiladi
O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Parij shahrining Milliy tibbiyot akademiyasi prezidenti Jan-Noel Fissinger bilan uchrashdi.
Muloqot davomida suhbatdoshlarga davlat rahbari tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish va xalqaro tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Xususan, so‘nggi yillarda Fransiya bilan sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik ancha faollashgani va ushbu yo‘nalishda yangi loyihalarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Parij Milliy tibbiyot akademiyasi prezidenti O‘zbekiston bilan pediatriya, ginekologiya, gematologiya, onkologiya, kardiologiya, endokrinologiya, oftalmologiya va boshqa sohalarni takomillashtirish borasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.
Fransiya tomoni Akademiya ko‘plab mamlakatlar bilan fransuz professorlari, doktorlari va olimlari ishtirokida vebinarlarni faol ravishda tashkil etayotganini ma’lum qildi hamda ushbu masala yuzasidan O‘zbekistonning tibbiyot muassasalari, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat yakunida, Jan-Noel Fissinger 2025 yilning aprel-may oylarida O‘zbekistonda birinchi o‘zbek-fransuz tibbiyot forumini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘mak berishi va unda faol ishtirok etishini ta’kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026