Bir yilda 45 nafar rossiyalik jurnalist jinoiy ta’qibga uchradi
2023 yilga nisbatan ta’qibga uchragan rossiyalik jurnalistlar soni deyarli ikki baravar ko‘paygan. Jinoiy ishlar asosan «chet el agenti majburiyatlarini bajarmaslik» va Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» bo‘yicha ochilgan.
2024 yilda kamida 45 nafar rossiyalik jurnalist jinoiy ishda ayblanuvchiga aylandi. O‘tgan yilga nisbatan bu raqam deyarli ikki baravar ko‘paydi – 2023 yilda 23 nafar rossiyalik jurnalist jinoiy javobgarlikka tortildi, deyiladi OAVni himoya qilish markazining 22 yanvar, chorshanba kuni chop etilgan yakuniy hisobotida.
2024 yilda OAV vakillariga nisbatan ish ochilgan moddalar orasida «agent majburiyatlarini bajarmaslik» (Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi – 16 ta holat), «Armiya haqida feyk ma’lumotlarni tarqatish» (Jinoyat kodeksining 207.3 — o‘nta ish), «ekstremistik hamjamiyatda ishtirok etish» (Jinoyat kodeksining 282.1 — sakkizta ish) va «terrorizmni oqlash» (Jinoyat kodeksining 205.2 — yettita ish) moddasi yetakchilik qilgan.
O‘tgan yili jurnalistga nisbatan Jinoyat kodeksining 284.1-moddasi (nomaqbul tashkilot faoliyatini tashkil etish) bo‘yicha birinchi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum bo‘lgan edi. Ayblanuvchi «Novaya gazeta Yevropa»ning bosh muharriri Kirill Martinov bo‘ldi. Shuningdek, Rossiya hukumati Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastiga bostirib kirishini yoritgan xorijlik jurnalistlarga nisbatan kamida 12 ta jinoiy ish qo‘zg‘atdi (Jinoyat kodeksining 322-moddasi – Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish).
27 ta jinoiy ish bo‘yicha hukm
O‘tgan yil davomida Rossiya sudlari jurnalistlarga nisbatan kamida 27 ta hukm chiqargan, jumladan, o‘ntasi sirtdan. Ishlarning aksariyati harbiy «feyklar» bo‘yicha ayblovlar bilan bog‘liq (Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi). Sudlanganlar orasida The New Yorker muallifi Masha Gessen, yozuvchi va jurnalist Mixail Zigar, Republic sobiq bosh muharriri Dmitriy Kolezev, RusNews jurnalisti Roman Ivanov, bloger Kamikadze Di va "Listok" gazetasi noshiri Sergey Mixaylov bor.
Chet ellik jurnalistlar ham sudlandi: The Wall Street Journal muxbiri Evan Gershkovich va jurnalist Alsu Kurmasheva. 2024 yil avgustida ular Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilindi.
Mavzuga oid
23:50 / 02.02.2025
WSJ: Rossiya AES qurishni moliyalashtirish niqobi ostida Turkiyada «dollar zaxirasini» yaratmoqchi bo‘lgan
16:36 / 01.02.2025
O‘zbeklarni it deb haqoratlagan shaxsning videosini buzg‘unchi kuchlar to‘qib chiqargan - TIV
16:00 / 01.02.2025
Rossiyada 5 fevraldan noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish rejimi boshlanadi
01:38 / 01.02.2025