Harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq o‘zgarishlar tasdiqlandi
Prezidentning ayrim qarorlariga harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar o‘rnatishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: O‘zA
Jumladan, Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
- Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish istagini bildirgan fuqaro “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
- Mazkur cheklovlarga rozi bo‘lgan hamda vazirlikning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinadilar.
Shuningdek, davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
- Bojxona organlarida xizmatni o‘tash bilan bog‘liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya etishni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan fuqarolar xizmatga qabul qilinishi mumkin emasligi belgilandi.
Bundan tashqari, fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
- Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunda va harbiy xizmat shartlarida nazarda tutilgan harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar hamda maxsus talablar bilan yozma shaklda tanishtiriladi.
- Mazkur cheklovlar bilan kontrakt tuzishga rozi bo‘lgan hamda vazirliklarning maxsus talablariga javob beradigan nomzodlar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinadilar.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews
Jahon | 05:20
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
Mavzuga oid

21:35 / 11.02.2025
Bojxona qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

17:58 / 03.02.2025
Bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi

21:32 / 27.11.2024
Tovarni bojxona muhri ostida tashishga ruxsat berish guvohnomasini olish raqamlashtiriladi

20:10 / 15.09.2024