Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qulagan bino: Konya prokuraturasi 4 kishini qo‘lga oldi
24 yanvar kuni Turkiyaning Konya shahrida to‘rt qavatli turar joy binosi qulab tushgan edi. Qutqaruvchilar xarobalar ichida qolib ketgan 3 kishi olib chiqqan, shuningdek 2 kishining jasadi topildi. Konya prokuraturasi holat yuzasida tergov boshlagan, ishga aloqadorlikda gumonlanib 4 kishi qo‘lga olingan.
Avvalroq, Turkiyaning Konya shahrida to‘rt qavatli turar joy binosi qulab tushgani xabar berilgan edi. Mahalliy OAVlarga ko‘ra, tungi vaqtda yuz bergan voqea fojia Selchuklu tumani markazida bo‘lgan. Konya meri Ibrohim Altay hodisa sabablari haqida aniq ma’lumot yo‘qligini, lekin juda bino eski bo‘lganini yozgan.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea joyiga darhol favqulodda xizmatlar, qutqaruvchilar va politsiya yetib kelgan. Bino xarobalari ichida qolgan, deya taxmin qilingan 5 kishida 3 nafari tirik holatda qutqarib olingan. Shuningdek, uyning qoldiqlari orasidan yana 2 kishi (erkak va ayol)ning jasadlari ham olib chiqilgan.
Konya prokuraturasining ma’lum qilishicha, hodisani tergov qilish davomida 4 kishi qo‘lga olingan.
«Tergov harakatlari davomida voqea aloqadorlikda gumonlanib 4 kishi qo‘lga olindi. Ayni vaqtda voqea joyida prokuratura boshchiligida ekspertlar komissiyasi bilan hamkorlikda sinchkovlik bilan tergov-surishtiruv harakatlari davom etmoqda», deya prokuraturaning bayonotini keltirmoqda Yeni Safak nashri.
Tarmoqlarda, shuningdek, Konyadagi 4 qavatli uy qulashida suriyalik yigit ko‘pchilikni qutqarib qolgani haqida videolar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, fojia vaqtida yigit uydagi har bir xonadon eshigi qo‘ng‘irog‘ini chalib, odamlarni ogohlantirib chiqqan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026