Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada Pegasus josuslik dasturi yordamida 570 dan ortiq siyosatchining telefoni eshitib kelingani aniqlandi
Isroilga tegishli ushbu dasturiy ta’minotni Polsha Korrupsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosi sotib olgan. Ammo undan mamlakatning boshqa maxsus xizmatlari ham foydalanib kelgan.
Polsha maxsus xizmatlari mamlakatdagi 578 nafar siyosatchining telefon qo‘ng‘iroqlarini tinglab kelgani ma’lum bo‘ldi. Bunda mamlakat Isroildan xarid qilingan Pegasus josuslik dasturiy ta’minotidan foydalangan.
Rzeczpospolita nashri ma’lumotlariga ko‘ra, dasturiy ta’minot dastlab Korruspyaga qarshi kurashish markaziy byurosi tashabbusi bilan sotib olingan, ammo keyinchalik olingan ma’lumotlardan Ichki xavfsizlik agentligi (IXA), Harbiy kontrrazvedka xizmati (HKX) va politsiya ham foydalanishga o‘tgan.
Shu bilan birga, IXA va HJX antikorrupsiya byurosiga Pegasus yordamida olingan ma’lumotlardan foydalangani uchun pul to‘lagan. Harbiy kontrrazvedka ma’lumotlar uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosiga har yili qariyb 1 million dollar o‘tkazib bergan.
Nashrning qayd etishicha, polshalik siyosatchilar to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning bir qismi Isroilga topshirilgan ham bo‘lishi mumkin.
2025 yil o‘rtalarida ushbu josuslik dasturiy ta’minotidan foydalanishni tergov qilayotgan davlat komissiyasi faoliyati to‘xtatilishi mumkin, chunki u bir yil davomida deyarli hech qanday aniq ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning aprelida Ispaniya Oliy sudi Isroilning NSO Group kompaniyasining Pegasus josuslik dasturidan foydalangan holda bosh vazir Pedro Sanches va boshqa ispan siyosatchilarining telefonlari buzib kirilgani ehtimoli bo‘yicha tergovni qayta boshlagan edi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
09:54 / 28.03.2026
Polsha minglab o‘zbekistonliklarni ishga olmoqchi
11:53 / 25.03.2026
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
18:09 / 23.03.2026