Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayoni haqida ma’lumot berdi
Prezident yordamchisi JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida 2024 yilda katta qadamlar tashlanganini aytib, erishilgan yutuqlarni sanab o‘tdi. “Tez orada tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun joriy yilda ham biz shu sur’atda davom etamiz”, dedi u.

Mirziyoyeva JST bosh direktori Okonjo Iveala bilan (2024 yil, sentabr)
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida o‘tgan yili katta qadam tashladi, bu yil ham ishlar shu sur’atda davom ettiriladi, deya ma’lum qildi prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.
“O‘tgan yili JST Ishchi guruhi ikkita muhim yig‘ilish o‘tkazdi. Bu bizga a’zolikning asosiy hujjati – Ishchi guruh Hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi. Shuningdek, AQSh, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada O‘zbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor.
Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi.
Tez orada Tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun joriy yilda ham biz shu sur’atda davom etamiz. Bu mamlakatimizning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda o‘zbek biznesining mintaqaviy va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini ta’minlashi lozim.
JSTga a’zolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi – shubhasiz, xalqimiz farovonligini ta’minlash, unga munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir”, – deya yozdi Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishning talablaridan biri 1 yanvardan boshlab bajarildi: eksportchilarning transport xarajatlarini kompensatsiya qilish to‘xtatildi, ularga foyda solig‘i va aylanmadan soliq bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilindi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 19:59
-
Til masalasi yana kun tartibida – jamoatchilik faollari nima deydi?
O‘zbekiston | 19:29
-
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida
O‘zbekiston | 19:01
-
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 18:50
Mavzuga oid

19:59
Saida Mirziyoyeva Orol madaniyat sammitida ishtirok etdi

22:24 / 04.04.2025
Samarqandda Markaziy Osiyo Iqlim forumi o‘z ishini boshladi

16:01 / 04.04.2025
«Yangi investitsiya va eksport kengayishi uchun yaxshi imkoniyat» – Azizbek Urunov AQSh bojlari haqida fikr bildirdi

17:42 / 02.04.2025