Buyuk Britaniyaning ikki yuzta kompaniyasi xodimlarning iş haqini saqlagan holda doimiy tört kunlik iş haftasiga ötdi. Umumiy hisobda uşbu kompaniyalarda 5000 dan ortiq odam işlaydi, deb xabar bermoqda The Guardian Britaniyaning tört kunlik hafta fondi ma’lumotlariga tayanib.

Soha böyiça qaralsa, yangi siyosat asosan marketing va reklama kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalari (30 ta korxona) tomonidan qabul qilingan. Ularning ortidan xayriya va ijtimoiy ta’minot taşkilotlari (29 ta kompaniya), axborot texnologiyalari sohasidagi korxonalar (24 ta kompaniya) hamda biznes, konsalting va boşqaruv bilan şuğullanuvçi taşkilotlar (22 ta kompaniya) yangi rejimni joriy etdi. Tört kunlik iş haftasiga ötgan firmalarning aksariyati Londonda joylaşgan.

Yangi rejim tarafdorlari beş kunlik modelni eski iqtisodiy davr sarqiti deb hisoblaydi.

“Ertalab soat 9 dan keçki 5 gaça davom etadigan beş kunlik iş haftasi 100 yil avval öylab topilgan va uni yangilaş payti allaqaçon kelgan”, — dedi Tört kunlik hafta fondi direktori Jo Rayl. “Iş haqi kamaytirilmagan holda tört kun işlaş ham xodimlar, ham iş beruvçilar uçun foydali, buni yuzlab Britaniya kompaniyalari va bitta mahalliy kengaş misolida kördik”.

Spark Market Research tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, an’anaviy mehnat modellariga köproq, yoş xodimlar qarşi çiqmoqda. 18 yoşdan 34 yoşgaça bölgan britaniyaliklarning 78 foizga yaqini beş yil içida tört kunlik iş haftasi odatiy holga aylanişini taxmin qilmoqda. Spark boşqaruv direktori Linsi Kerolan bu yoşdagi insonlar, ya’ni keyingi 50 yilning asosiy işçi kuçi “eski iş uslublariga qaytişni xohlamasligini” ta’kidladi.

“Uşbu guruh ham ruhiy salomatlik va umumiy farovonlikni özining asosiy maqsadlari deb hisoblaydi. Tört kunlik iş haftasi esa ular uçun hayot sifatini oşirişning muhim omilidir”, — deb xulosa qildi u.

Britaniyada tört kunlik iş haftasi böyiça eksperiment 2024 yilda amalga oşirilgan edi. Unga dastlab 17 ta kompaniya qöşilgan. Sinov vaqtida uşbu kompaniyalarda mehnat unumdorligi ösib, xodimlar işidan mamnun bölgan, şuningdek, yoş mutaxassislarni işga jalb qiliş osonlaşgan.