Ijtimoiy yordamlar kambag‘al oilalar reyestriga kirgan oilalarga ko‘rsatiladi
3-18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. “Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushirilib, har bir bolaga qo‘yilgan tashxis tahlil qilib boriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordamlar kambag‘al oilalar reyestriga kirgan oilalarga ko‘rsatilishi belgilanmoqda. Bunda mablag‘larni tuman va shaharlardagi aholi, nogiron shaxslar va kambag‘al oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlash tartibi joriy etiladi.
Oilaning kambag‘al deb e’tirof etilishi uning a’zolaridan qo‘shimcha ariza va hujjatlarni talab etmagan holda ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga asos bo‘ladi.
Shu bilan birga, samarasiz va talab yuqori bo‘lmagan ijtimoiy yordamlar maqbullashtirilib, 28 turdagi ijtimoiy yordamning yagona ro‘yxati tasdiqlanadi. Ijtimoiy daftarlar hisobidan ajratiladigan davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Tuman (shahar) hokimliklari huzurida yuridik shaxs bo‘lmagan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalari tashkil etiladi. Uning mablag‘lari hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarini bartaraf etish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va sportni rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni asrash tadbirlariga sarflanadi.
3-18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Unga bolalar ota-onalar bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi.
Joriy yil yakuniga qadar bu xizmatlar bilan 2 mingga yaqin og‘ir nogironligi bo‘lgan bolalarni qamrab olish rejalashtirilmoqda. Bu ularning onalari uchun ishlash va ta’lim olish kabi imkoniyatlar yaratib, oila farovonligiga xizmat qiladi.
“Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushirilib, har bir bolaga qo‘yilgan tashxis tahlil qilib boriladi. Ularga tibbiy, reabilitatsiya, ta’lim, ijtimoiy xizmatlar kompleks ravishda ko‘rsatiladi. Ota-onalarning kunduzgi parvarish xizmatidan foydalangani uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlaridan soliq olinmaydi.
Taqdimotda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish tadbirlari haqida ham axborot berildi.
Bu jarayon “yetti imkoniyat va mas’uliyat” tamoyili asosida tashkil qilingan. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, daromadi va mulkni baholaydigan “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot tizimi ishga tushirilgan.
Shu asosida, 48 ming fuqaro ishga joylashtirildi, 10 mingdan ziyodi kasbga o‘qitildi, 14 ming nafariga kredit va subsidiyalar ajratildi. 140 ming oilaga shifokorlar biriktirildi, 38 ming fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi. 32 ming bola bog‘chaga joylashtirilib, qariyb 7 ming yoshlar kirish imtihoniga tayyorlash uchun universitetlarga biriktirildi.
Davlat rahbari takliflarni ma’qullab, kambag‘allik reyestrini oilalarning mehnatga layoqatiga qarab tabaqalashtirish, mehnatga layoqatli bo‘lmaganlarni davlat ijtimoiy himoyasiga olish, ularni ijtimoiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

16:36 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi

16:04 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025