Qirg‘izistonda ekologik toza shahar quriladi
Sadir Japarov Qirg‘izistonda ekologik toza Kemin-Siti shahrini qurish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, shahar 353,3 gektar maydonda joylashadi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov respublika hududida ekologik toza Kemin-Siti shahrini qurish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qayd etilishicha, ushbu shahar Chuy viloyatidagi Kemin tumanida joylashadi. Loyiha fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash, ichki va tashqi migratsiyani kamaytirish, malakali kadrlarni saqlab qolish va hududlarda ijtimoiy keskinlikni pasaytirishga qaratilgan.
Hujjatda belgilanishicha, ekologik toza Kemin-Siti shahri 353,3 gektar maydonda quriladi. Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi 2025 yil 1 iyunga qadar shaharning qurilish konsepsiyasini ishlab chiqishi va tasdiqlatishi kerak.
Shuningdek, Kemin-Sitini qurish bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar olib boriladi, tegishli investitsiya loyihalari imzolanadi.
Avvalroq O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi «Amirsoy» kurort majmuasida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazgan edi.
«Amirsoy» tog‘-chang‘i bazasiga qarab, lol qoldim. Hamkasbim Shavkat Mirziyoyev bu bazani noldan yuqori darajada qurib chiqibdi. Gap yo‘q. Barakalla. Qanchadan qancha odamlar ish bilan ta’minlangan. Millionlab turistlar bu yerga dam olish uchun kelmoqda. Servis darajasi Yevropanikidan qolishmaydi. Hammasi yuqori darajada», – deya yozgan Sadir Japarov tashrifdan keyin.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda

16:50 / 15.04.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti uchun 11 yil qamoq jazosi so‘raldi

15:04 / 14.04.2025
Qirg‘iziston Rossiya elchisidan Moskvadagi fuqarolari tahqirlangani yuzasidan izoh talab qildi

14:55 / 12.04.2025