Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda prezident surati tushirilgan gazetalarni «bemaqsad ishlatish» taqiqlandi
Davlat xodimlari va talabalarga mamlakat prezidenti va uning oila a’zolari surati tushirilgan «gazeta sahifalarini saqlab qolish» haqidagi majburiyat yuklandi.
Turkmaniston hukumati davlat nashrlari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaror qildi, deb xabar berdi «Ozodlik» radiosining turkman xizmati.
Qayd qilinishicha, davlat xodimlari va talabalar mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov va uning oila a’zolari surati tushirilgan «gazeta sahifalarini saqlab qolish» haqidagi majburiyatni imzolagan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mansabdor shaxslardan «rasmli gazeta va jurnallar sahifalarini saqlab qolish» talab qilingan. Taqiqni buzganlik, masalan, gazetalarni o‘rama sifatida ishlatish, olov yoqish yoki hojatxona qog‘ozi sifatida foydalanish oqibatida fuqarolar ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Nashrning ta’kidlashicha, davlat xizmatchilari va talabalar har yili davlat gazeta va jurnallariga obuna bo‘lishga majburlanadi.
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotiga ko‘ra, Turkmaniston matbuot erkinligi reytingida doimiy ravishda oxirgi o‘rinlarda turadi. 2024 yilda mamlakat 180 mamlakat ichida 175-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026