Olimlar Marsda noodatiy geologik hosilani aniqladi
NASA tadqiqotchilari Marsda Yer sayyorasida uchramaydigan noodatiy geologik hosilaga duch keldi. Mars Reconnaissance Orbiter orbital apparatiga o‘rnatilgan HiRISE kamerasi yordamida olingan suratlarda Qizil sayyoraning shimoliy qutbidagi sirli qora dog‘lar va yorqin hududlar tasvirlangan.

Foto: Universe Today
Qayd etilishicha, karbonat angidrid gazining chiqishi natijasida yuzaga keladigan ushbu tuzilmalar Marsda iqlim jarayonlarini yanada yaxshiroq tushunishda olimlarga yordam beradi.
Marsning qutbli hududlarida qishda karbonat angidrid gazi muzlaydi va zich muz qatlamiga aylanadi. Bahorda harorat ko‘tarilishi bilan quyosh nuri ushbu shaffof muz qatlami orasidan o‘tib, uning ostidagi tuproqni qizdiradi. Natijada, karbonat angidrid sublimatsiyani boshlaydi — qattiq holatdan gazga aylanadi.
Vaqt o‘tishi bilan bosim shu qadar oshib ketadiki, gaz muz qatlamning yupqa joylaridan tashqariga otilib chiqib, qora tuproq zarralarini atrofga sochib yuboradi. Bu xuddi geyzerlarni yodga soladi va soatiga 160 kilometr tezlikkacha otilishi mumkin.
Ba’zi hollarda gaz emissiyasi muz ostida o‘rgimchak to‘riga o‘xshash murakkab, shoxlangan tuzilmalarni hosil qiladi. Olimlar bunday hosilani «o‘rgimchak landshafti» deb ataydi. Bu kabi g‘aroyib shakllar Mars tuprog‘idagi kanallarni yuvadigan karbonat angidrid gazining ko‘p marotaba otilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida shu kabi jarayonni takrorlashga muvaffaq bo‘lib, «o‘rgimchak landshafti» mavsumiy gaz otilishlari natijasida yuzaga keladi, degan farazni isbotlagan.
«O‘rgimchak to‘riga o‘xshash mazkur tuzilmalar — shunchaki g‘aroyib tabiat hodisasi emas, balki Marsdagi iqlim jarayonlarini anglashda muhim ahamiyatga ega», — deydi NASA Reaktiv harakat laboratoriyasi vakili Loren MakKoun.
Suv va issiq energiyada ishlaydigan Yerdagi geyzerlardan farqli o‘laroq, Marsdagi karbonat angidrid gazlarining otilishi faqat quyosh nurining ta’siri va yupqa Mars atmosferasi sabab yuzaga keladi. «Ushbu jarayon noyob bo‘lib, Yerda kuzatilmaydi», — deya qo‘shimcha qiladi MakKoun.
Bu kabi tabiat hodisalarining aniqlanishi, olimlarga Marsning iqlim tarixini yaxshiroq tushunish va kelajakdagi tadqiqotlarda ulardan foydalanish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
-
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Jahon | 23:56 / 29.03.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
Jahon | 23:38 / 29.03.2025
Mavzuga oid

08:40 / 28.03.2025
Arktikada qishki dengiz muzlari rekord darajada kamaydi - NASA olimlari

18:41 / 25.03.2025
Marsda rekord darajada uzun organik molekulalar topildi

17:33 / 25.03.2025
Xitoy Marsda nafas olish imkonini beruvchi texnologiyani yaratdi

19:05 / 19.03.2025