Xitoylik olimlar karbonat angidriddan kislorod işlab çiqarişning yangi usulini ixtiro qildi va bunda samaradorlik 98 foizga yetdi. Marsda uşbu texnologiyadan foydalaniş ayniqsa istiqbolli, deb yozdi Ixbt.
Katalizator sifatida an’anaviy ravişda işlatiladigan vodorod örniga litiydan foydalanilgan.
Jarayon elektrokimyoviy hujayrada ruteniy va kobaltdan tayyorlangan nanokatalizatorda amalga oşiriladi. Karbonat angidrid litiy karbonatga, söngra uglerod va litiy oksidga aylanadi. Yakuniy bosqiçda litiy oksidi parçalanadi, kislorod çiqaradi va litiyni qayta işlatilişi uçun tiklaydi.
Ta’kidlanişiça, uşbu texnologiya Yerda sanoat çiqindilarini qayta işlaş va havoni tozalaşdan tortib suv osti transport vositalarida foydalanişgaça bölgan keng doiradagi salohiyatga ega.
Bu texnologiyadan foydalaniş, ayniqsa, atmosfera deyarli butunlay karbonat angidriddan iborat bölgan Marsda istiqbolli. Kislorodni joyida işlab çiqariş uni Yerdan taşiş zaruratini kamaytiriş orqali kelajakdagi Mars missiyalarini sezilarli darajada soddalaştiradi.
Avvalroq, SpaceX asosçisi Ilon Mask 2026 yil oxirida odamsifat robot Marsga uçişini e’lon qildi. Uning qayd etişiça, agar parvoz muvaffaqiyatli bölsa, odamlar Marsga 2029 yildayoq qönişi mumkin.

















