Turkiyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi
O‘smirlar ota-onasi yoki vasiysining yozma roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘ta olmaydi. Hukumat mazkur chora bolalarning ruhiy salomatligini himoya qilishga yo‘naltirilganini bildirdi.

Foto: Pixabay
Turkiyada 2025 yilda 16 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaratilgan yangi tartib kuchga kiradi. Bu haqda mamlakat transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘luga tayanib CNN Turk xabar berdi.
Yangi qonunga ko‘ra, yosh foydalanuvchilar ota-onasi yoki vasiysining yozma roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘ta olmaydi.
Hukumat mazkur chora bolalarning ruhiy salomatligini himoya qilish, kiberbulling va zararli kontentlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotganini bildirdi. Tashabbus gadjetlarga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish va yoshlarni nisbatan faol hayot tarziga undashga yo‘naltirilgan.
Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘luning ta’kidlashicha, butun dunyoda 13-16 yoshlar oralig‘idagi o‘smirlarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklash haqida gapirilmoqda.
«Ushbu jarayon tegishli vazirlik va muassasalar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Biz yosh chegarasini 16 etib belgilash niyatidamiz. Bu yoshdagi farzandlarimiz ta’lim va rivojlanishga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. Turkiyada 16 yoshdan kattalarga ijtimoiy tarmoqlardan erkin foydalanish imkoniyatini taqdim etamiz», — deydi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qaror psixologiya sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, bu kabi cheklovlar allaqachon o‘z samarasini ko‘rsatishni boshlagan boshqa davlatlar tajribasiga asoslanilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyi oxirlarida Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilingan edi. Qonunga ko‘ra, TikTok, Facebook, Snapchat, Reddit, X va Instagram kabi yirik ijtimoiy tarmoqlar 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkaunt yaratishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31 / 15.04.2025
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21 / 15.04.2025
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43 / 15.04.2025
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53 / 15.04.2025
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

22:41 / 10.04.2025