Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda erkaklar va ayollar necha yoshda ko‘proq oila qurayotgani ma’lum qilindi
Statistikaga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lgan erkaklarning atigi 1,4 foizi, ayollarning esa 37,7 foizi nikohlanmoqda.
Statistika agentligi O‘zbekistonda nikohlanuvchi erkaklar va ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi ma’lumotlarni ochiqladi.
Unga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-dekabr oylarida, respublika bo‘yicha 271 776 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Qayd etilgan nikohlarning erkaklarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi, foizda quyidagicha bo‘lgan:
20 yoshgacha – 1,4 foiz
20-30 yosh – 84,3 foiz
31-40 yosh – 10,1 foiz
41 yosh va kattalar – 4,2 foiz.
Qayd etilgan nikohlarning ayollarning yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi, foizda quyidagicha bo‘lgan:
20 yoshgacha – 37,7 foiz
20-30 yosh – 53,9 foiz
31-40 yosh – 6,5 foiz
41 yosh va kattalar – 1,9 foiz.