Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX raketasi Starlink uchun 22 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi
Raketa Kaliforniyaning Vandenberg Kosmik kuchlari bazasidagi SLC-4E start maydonchasidan uchirilgan. Parvoz doirasida tashuvchi raketaning ko‘p martalik pog‘onasi Tinch okeanidagi platformaga boshqariluvchan vertikal qo‘nishni amalga oshirgan.
Falcon 9 tashuvchi raketasi Starlink global internet tizimi uchun yana 22 ta kichik o‘lchamli sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi xabar berdi.
«22 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari olib chiqilgani tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.
Raketa Kaliforniyaning Vandenberg Kosmik kuchlari bazasidagi SLC-4E start maydonchasidan uchirilgan. Oradan taxminan bir soat o‘tgach, sun’iy yo‘ldoshlar tashuvchi raketaning ikkinchi pog‘onasidan ajralgan.
Parvoz doirasida tashuvchi raketaning 17 marta foydalanilgan pog‘onasi Tinch okeanidagi Of Course I Still Love You dron platformasiga boshqariluvchan vertikal qo‘nishni amalga oshirgan.
SpaceX kompaniyasi 2019 yildan beri Starlink loyihasi doirasida 7,8 mingdan ortiq shu kabi sun’iy yo‘ldoshlarni uchirgan. Ularning bir qismi buzilgan yoki orbitadan chiqib ketgan. 6,9 mingdan ziyod apparat hozirda orbitada soz holatda.
Eslatib o‘tamiz, Falcon 9 tashuvchi raketasi 31 dekabr kuni Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmog‘i uchun yana 21 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. SpaceX kompaniyasi 2024 yilda 134 ta raketa uchirgan — bu yangi jahon rekordi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
08:50 / 12.06.2026
SpaceX tarixdagi eng yirik IPOʻni amalga oshirdi
08:30 / 08.06.2026